Maxfiylik siyosati

2026-yil 8-oktabrda yangilangan

Bu siyosat FunMode (funmode.uz, Toshkent, O‘zbekiston) saytda va Telegramda buyurtma berishda qanday ma’lumotlarni olishini, ular nima uchun kerakligini va ular bilan qanday ishlashimizni tushuntiradi. Biz O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga amal qilamiz.

Qanday ma’lumotlarni olamiz

Nima uchun

Ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Roziligingsiz xabar tarqatmaymiz.

Asos

Buyurtmani yuborishdan oldin belgi qo‘yib bergan roziliging. Uni istalgan vaqtda qaytarib olishing mumkin — bizga yoz.

Ma’lumotlarni yana kim ko‘radi

Saqlash va himoya

Ma’lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi, buyurtmalarga faqat jamoa parol bilan kira oladi, zaxira nusxalar shifrlanadi. Ma’lumotlarni buyurtma bajarilguncha va undan keyin kafolat savollari uchun 3 yilgacha saqlaymiz. Keyin o‘chiramiz.

Cookie

Ochiq sayt reklama va analitika cookie fayllaridan foydalanmaydi. Analitikani ulasak, bu sahifani yangilaymiz.

«Dizaynni ulashish» havolalari

Havolaga faqat dizayn parametrlari (qurilma, ranglar, ikonkalar, yozuv) kiradi. Unda kontaktlar ham, yuklangan fayl ham yo‘q.

Huquqlaring

Sen haqingda qanday ma’lumotlar borligini bilishing, ularni tuzatishing, o‘chirishni so‘rashing yoki roziligingni qaytarib olishing mumkin. Telegramdagi holatlardan voz kechish uchun botni bloklash kifoya. Bizga Instagram @funmode.uz yoki @funmodeordersbot botiga yoz.

O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, bu sahifani va yuqoridagi sanani yangilaymiz.